1. Umumiy qoidalar
1.1. Megafilm («provayder») ma'lumot uzatish tarmoqlari orqali telekommunikatsiya xizmatlarini (televizion xizmatlar) ushbu shartlar asosida taqdim etadi.
1.2. Provayder istalgan vaqtda ushbu oferta shartlarini o'zgartirish huquqiga ega.
1.3. Ofertani qabul qilish (aksept) — bu foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish yoki xizmatlardan foydalanishni boshlashdir.
2. Shartnoma predmeti
2.1. Shartnoma predmeti — tanlangan tarif yoki xizmat shartlari asosida abonentga videokontentni ko'rish imkoniyatini taqdim etishdir.
3. Xizmatlarni taqdim etish tartibi
3.1. Xizmatlardan foydalanish uchun abonent ro'yxatdan o'tish va avtorizatsiya jarayonidan o'tishi kerak.
3.2. Xizmatlar shaxsiy foydalanish uchun taqdim etiladi. Platformada pullik (premium) kontentlar mavjud bo'lib, ularni tomosha qilish uchun belgilangan tariflar bo'yicha to'lov amalga oshirilishi shart.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4.1. Provayder xizmatlar sifatini va texnik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash majburiyatini oladi.
4.2. Abonent xizmatlar haqini o'z vaqtida to'lashi va mualliflik huquqlarini buzmasligi shart.
6. To'lov tartibi
6.1. Xizmatlar uchun to'lov belgilangan tariflar asosida abonentning shaxsiy kabineti yoki avtorizatsiya qilingan to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
7. Kontentdan foydalanish shartlari
7.1. Barcha taqdim etilgan video va audio kontentlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Platformadagi materiallarni (kino, audio va h.k.) o'g'irlash, noqonuniy nusxa ko'chirish yoki tarqatish qonun oldida javobgarlikka sabab bo'ladi.
8. Provayderning javobgarligi
8.1. Provayder abonentning internet aloqasi sifati yoki uning uskunasi nosozligi uchun javobgar emas.
9. Abonentning javobgarligi
9.1. Abonent o'zining akkaunt ma'lumotlari maxfiyligi va o'z akkaunti orqali amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun to'liq javobgardir.
10. Ma'lumotlarni joylashtirish
10.1. Provayder platformada reklama ma'lumotlarini yoki aksiyalar haqidagi xabarlarni joylashtirish huquqiga ega.
11. Fors-major
11.1. Fors-major holatlari (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar) yuzaga kelganda tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi.
12. Nizolarni hal etish
12.1. Barcha nizolar muzokaralar yo'li bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmasa, nizolar provayder joylashgan manzildagi sudda ko'rib chiqiladi.
13. Amal qilish muddati va o'zgartirish
13.1. Kelishuv aksept qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.
13.5. Obunani avtomatik uzaytirish xizmati istalgan vaqtda shaxsiy kabinet orqali bekor qilinishi mumkin.
14. Boshqa shartlar
14.1. Ushbu kelishuvda ko'zda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.